www.BePuL.NeT
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7115]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [849]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [451]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [228]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2783]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4427]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [44]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8423]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1033]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3418]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [198]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [279]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [426]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1896]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [440]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2169]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4066]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [17]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [24]
Статистика





Онлайн всего: 24
Гостей: 23
Пользователей: 1
iphone

Kun faolllari:
iphone, Hectornal, TommieTossy, rtlidum, rtliPesse, lindazi16, Immaria, kittyex18, Breeday, gingeryq4, BarzyLoame, bodwar, bodEruro, christinacg69, leliajr69, maryannsn1, drevieta, caroleqm11, tatmwar, tatmEruro

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2013 » Декабрь » 11 » Inson xarakteri raqamlarda.

20:51
Inson xarakteri raqamlarda.
XARAKTERI RAQAMLARDA.

Kishi qanday xarakter sohibi ekanligini aniqlashning yana bir usuli. Bu " Temperament va Xarakter raqami”ni aniqlash. Ba’zan buni "Hayot yo’li raqami” deyishadi. Qanchalik to’g’ri noto’g’riligini tekshirishingiz mumkin. Faqat hisoblashda adashmaslikka harakat qiling. Masalan, agar kishi 1989 – yil 16 – iyul ya’ni 16.07.1989 bo’lsa, unda raqamlarni bir xonali son chiqmaguncha qo’shib boraveramiz. 1990 – yil 25 –dekabr bo’lsa, 25.12. 1990.
Misol uchun : 1 + 6 + 0 + 7 + 1 + 9 + 8 + 9 = 41 = 4 + 1 = 5. Temperament raqami 5
2 + 5 + 1 + 2 + 1 + 9 + 9 + 0= 29 = 2 + 9 = 11= 1 + 1 = 2. Temperamant raqami 2
Endi ularga berilgan tavsiflarni o’qiymiz. 

1
1 Umumiy ta'rif
Bu raqam kuch, shuhrat, g’ayrat va buyuklik ramzidir. Bu raqamdagi kishi o’zi tanlagan yo’ldan hech qachon voz kechmaydi. Hamma narsada 1- bo’lishni xohlashadi, qiziqqon, aqlli, farosatli, hurmattalab, har qanday vaziyatda g’olib bo’lishni istashadi va bunga intilishadi, oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun oldinga sabrsiz sakrashmaydi balki, aql va sabr bilan bu yo’lda nima qilib bo’lsa ham erishishga intilishadi. Ularda tug’ma sardorlik qobiliyati bor. Hayotga jiddiy qaraydigan kishilar bilan qiziqishadi, sevsa ham "Sevgining ko’zi ko’r, qulog’I kar "deb aytilgan naql aynan shu insonlarga mos. Martaba uchun ko’p narsani qurbon etishga qodirlar. Ular orasida san’atkor va siyosatchilar ko’p. 
Ularga maslahat: faqat o’zingizni emas, atrofdagilarning his-tuyg’ularini hisobga olishga harakat qiling, ehtiyotkor bo’ling, hamma ishdan faqat o’zingizga foydasi bo’ladimi yo’qmi? deyishni kamaytiring, aks holda do’stlaringizdan ajrab qolishingiz mumkin. Orzularingiz va maqsadlaringizga albatta erishasiz. Omad! 
Yigitlar: Qiziqqon, o’ziga ishongan, harakatchan, qo’rqmas, mard, to’g’riko’ngilli, qiyin vaziyatlarda ularga ishonish mumkin. Hamma narsani o’zi hal etishni, bag’rikenglik qilishni va buyruq berishni juda yaxshi ko’radi. Qaltis vaziyatlarda u juda qiziqqon ammo ko’p o’tmay hissiyotlarini yana jilovlaydi. Maqtashlarini unga ko’p e’tibor berishlarini istaydi va yaxshi ko’radi. Hayoti davomida uni o’rab turgan narsalarni egallashga, qo’lga kiritishga, hammadan ustun turishga intiladi. U bilan hayot qiziq ammo tinchlik degan narsa yo’q. Unga o’zining kuchli hislarini namoyish etishi muhimdir. 
Qizlar: O’ziga ishongan, sabrli, aqlli, kuchli xarakter sohibasi, o’jar, oldiga qo’ygan maqsad sari astoydil harakat qiladi. Yaxshi suhbatdosh, farosatli, ba’zan qiziqqonligi tufayli o’ylamay ish qilib qo’yadi. U o’ziga faqat o’ziga ishonadi, atrofdagi voqea -hodisalarni boshqarib borishga intiliadi ammo, hamma aytganini qilaverganlarni yoqtirishmaydi. Hamma narsada oldinlikni istaydi. Rahbarlik hislatini kuchli namoyish etishiga qaramay ba’zida o’zi buni tan olmasa ham , u mehr-muhabbatga hamda e’tiborga muhtoj. 
2
2 Umumiy ta'rif
Bu raqam kayfiyatda, harakatlarda, o’zini tutishida tenglikni ifodalaydi. Yumshoq xarakterli, har qanday muammolardan kompromislar izlaydigan, ko’p o’ylaydigan shaxslar. Do’stlariga, yaqinlariga va atrofdagilarga ko’p maslahat berib yurishadi. Ba’zan bu ularning o’zlarining ishlariga xalaqit berishi mumkin. Bu raqam o’t va suv, hayot va o’lim, boylik va kambag’allik orasi, yaxshilik va yomonlik orasini hamda tenglikni ifodalaydi. Siz har qanday vaziyatga moslasha olasiz va bundagi qonunlarni qabul qilishingiz mumkin. Siz haddan ziyod ishonchsizlik, saxiylik, chegaradan chiqib ketish hodisalaridan yiroqsiz. Bu ajoyib, siz faqat boshqalar haqida emas, balki o’zingiz haqingizda ham o’ylar ekansiz. Siz yaxshi maslahatchi, reja tuzuvchisiz ammo ijro etuvchi emassiz. Ko’pincha passiv va ajralib turishadi. Ish qilishdan ko’ra ko’proq o’ylashadi. Bu yaxshi. Rejalarini hamma vaqt ham ro’yobga chiqarishga ulgurishmaydi. Sevgi bobida ular o’zlarining kerakliklarini ,ularni cheksiz sevishlarini his etib tursalar, hammasi yaxshi, ammo sal shubha paydo bo’ldimi, tomom, rashkchi bo’lib anchagina o’ylamay ish qilib qo’yishlari mumkin. Ularda tez-tez tushkunlikka tushishga moyillik bor. 
Ularga maslahat: sizga hamfikrli shaxslar, do’stlar kerak. Ammo bunday insonlarni tanlashingizda hissiyot bilan emas balki ko’proq aql bilan ish yuriting. Biroq hislaringizni yashirmang! Tinchliksevarlik hislatingizni sira yo’qotmang. Kelajagingiz porloq, omad! 
Yigitlar: Ular davrani , suhbatlashishni juda yaxshi ko’rishadi. Ishonuvchan, boshqalarni ham ishontira olishadi. Boshqalarni hislari uchun qalblari ochiq, aqllari esa atrofdagilarni qabul qilish tayyor. Boshqalarni muammolari bilan yashashadi, atrofdagi o’zgarishlarga tez ko’nikishadi. Go’zallik va iffatni qadrlashadi. Hislari bilan yashashadi. Mehribon, sadoqatli bo’lishi mumkin, ammo talabchan, o’jar, humkronlik qilishga intilishi, rashkchi ham bo’lishi mumkin. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Munosabatlar og’ir, tashvishli, chalkash bo’la boshlasa, ular o’zlariga ketib qolishadi ya’ni o’z xayoliy dunyosiga yopinib olishadi. E’tiborni torta oladigan, chuqur his qiladigan, ishontira oladigan shaxs bo’lishi mumkin. O’zlariga o’xshagan ya’ni aynan qiziqishlari bir xil, sadoqatli, aql bilan ish yuritadigan va doim yonida bo’la oladigan insonlarni izlashadi. 
Qizlar: Ajoyib suhbatdosh, go’zal, ularni aslida qanaqa ekanligini yanada yaqinroq tanishib bilish mumkin. Muammolarni va oradagi munosabatlarni aniqlashtirishni yomon ko’rishadi. Ular o’zgaruvchandir. Munosabatlar qancha ochiq, orada ishonch qancha kuchli bo’lsa, o’zlarini shunchalik baxtiyor his etishadi. O’ziga nisbatan o’jarlikni ko’tarmaydi. Hissiyotlari ham yuzaki ham chuqur bo’lishi, bir xil va birdan o’zgarib qolish hislatiga ega. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Boshqalarning his-tuyg’ulari oldida ojizlar. Ba’zan uzoq falsafiy suhbatlardan ko’ra sovg’alar va qulaylikni afzal bilishadi. Ko’rsatilayotgan e’tiborlarni, gullarni, sovg’alarni qabul qilib yurishi, keyin birdan fikrini o’zgartirib oradagi munosabatlarni to’xtatishi mumkin. 
3
3 Umumiy ta'rif 
Bu raqamdagi shaxslar boshqalardan tezroq o’z xarakterlarini namoyon etishadi. Ular yangi bilimlarni tez o’zlashtirishadi, ba’zan juda yoshligida. Siz o’tkir va sezgir aql sohibisiz. Talantli insonsiz ammo, o’zingizni oldingizga qo’ygan maqsadga erishish yo’lda faqat oson yo’l va foydani izlasangiz yuqori cho’qqilarga erisholmay qolishingiz mumkin. Harakatchan, hayotga o’ta jiddiy qaramaydigan, qobiliyatli, o’ziga talabchan insonlar. Har qanday sohani gullatishadi. Ular g’ururli, erkin insondirlar. Buyruq berishni, atrofdagi hosidalarni boshqarib turishni yaxshi ko’rishadi. Sizga ishonish mumkin, siz yaxshi ishchi, do’st , insonsiz. Qiziqishlaringiz, intilishlaringiz o’xshash bo’lgan insonlarni izlang. 
Ularga maslahat: sizga qiziqarli insonlar, yaxshi davra va suhbatdoshlar kerak.Yana faqat erta bilan emas, balki bugun bilan yashash ham yaxshi. To’g’ri boshlanish bilan yuqori cho’qqilarni egallashingiz mumkin, chunki kuchingizga ishonasiz bu to’g’ri, ammo tug’ma sabrsizligingiz va oson yo’llar izlashingiz kelajakda yuksak martabalar erishishingizga to’sqinllik qilishi mukin. Buni ham hisobga oling. Siz yaxshi insonsiz va shundayligingizcha qoling! 
Yigitlar: Yaxshi suhbatdosh, qobiliyatli, sarguzashtlarni, qaltis ishlarni yoqtiradigan, har qanday davrani qizita oladigan kishilar. U zerikishni, erkinligini to’sib qo’yishlarini va o’zi ustida boshqaruvni ko’tarmaydi. Birinchi uchrashuvda o’zi haqida eng yaxshi taassurot qoldirishga urinadi. Orzu qilishni juda yaxshi ko’radi. U uchun muhimi dildan suhbatlashish, aqliy poyga, qiziqishlar mosligidir. Ma’suliyatsizlikka moyilligi bor. Ammo va’da beramanki, bundan inson bilan zerikish nimaligini bilmaysiz. 
Qizlar: Aqlli va farosatli, ajoyib suhbatdosh, o’zini yurish –turishi bilan rom eta oladi, erkinlikni afzal biladi, harakatchan, samimiy, hissiyotli, optimist, orzular va istaklarga juda boy. Nima istashini biladi va bunga intiladi. Do’stlikni qadrlaydi, faqat kelajakka qaraydi. Kayfiyati o’zgaruvchan, chuqur mazmunli munosabtalardan charchaydi. U bilan ehtiyotkor bo’lib suhbatlashish zarur. Birinchi navbatda o’zini ehtiyojlarini qondirishga urinadi. Ammo, atrofdagilarga quvonch ulashga chin ko’ngildan harakat qiladi. 
4
4 Umumiy ta'rif
Bu raqamdagi shaxslar qobiliyatli, aqlli, ehtiyotkor, mehnatkash, qaltis ishlardan yiroqda yurishni afzal biladigan shaxslar. Ular o’z rejalari, go’yalari bilan yuradigan, boshqalarning yordamisiz faqat o’zi hamma narsani hal etishni, har qanday sirni tagiga o’zi yetishni istaydigan kishilar. Sizning shioringiz - ishonch, rostgo’ylik va barqarorlik. Sizni aldash eng katta xatodir ammo siz ham o’zingizni aldashdan yiroq bo’lishga intiling. Ko’pincha siz narsalarga o’z nazaringiz bilan qaraysiz, ba’zan bu hol boshqalar bilan kelishmovchiliklarga olib keladi. Qiyinchilikdan hech ham qochmaysiz, balki uni yengishga harakat qilasiz. Ularga ishonish mumkin. Oilasini ko’z qorachig’idek asrashadi va qadrlashadi. Bu raqamdagilarda kamdan kam romantic shaxslar uchraydi. 
Ularga maslahat: o’z maqsadingiz yo’lida dadil qadam tashlab undan hech ham chekinmang. Kuchingizga ishoning. Siz albatta uddalaysiz! 
Yigitlar: Ular yaqinlari va oilasiga juda bog’langan. Oilasining qadriyatlarini va an’analarini davom ettirish ular zimmasida. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istashadi. Hayotlarining moddiy tarafini oshirish tashvishi bilan yurishadi. O’zlari aniqlashtirib, reja asosida yuritadigan hayotini o’zgartirishni istashmaydi. O’ylab ish qilishadi. Samimiy, sadoqatli, sabr – toqatli, aqlli. Uyda ishlarni bo’lib olishni va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlarni xush ko’rishadi. 
Qizlar: Realist, hamma narsada aql bilan ish yuritadi. Oilasiga juda bog’langan. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istaydi. Ekonomka, isrofgarchilikni yomon ko’radi hamda pulni behuda sarflamaydi, ammo sifatli va yaxshi narsaga pulni ayamaydi. Xarakteringizni injiqliklar, o’jarlik, mayda narsalar ustidagi urushlar bilan namoyish etasiz. Rashkchi, boshqarishni yoqtiradi, sadoqatli, mehnatkash, harakatchan. 
5
5 Umumiy ta'rif
Optimist, farosatli, ajoyib suhbatdosh, dilkash insonlar, aqlli, hamma narsaga qiziqishadi, sarguzashtlarni sevishadi. Chet el tillarini va an’analarini tez o’zlashtirib o’rganishadi, juda hissiyotli, tavakkalni yoqtirishadi, gapirish yoki mehr ko’rsatishi odobi bilan o’ziga rom eta oladi, tadbir va do’stlar davrasini sevishadi, ba’zan kutilmagan xatti-harakati bilan atrofdagilarni hayron qoldirishni yaxshi ko’rishadi, o’zgarishlar yangiliklarni yaxshi ko’rishadi, mehribon, ko’ngilli insonlar, kayfiyatlari o’zgaruvchan, achchig’I burni ustidat uradi, muammolardan osongina qultilib ketish hislatiga egalar, adolatparvar, erkinlikni afzal bilishadi. Ularni haqiqiy qulog’I bilan sevadigan odamlar deyish mumkin.
Ularga maslahat: hamisha faqat oldinga intilasiz, biroq ba’zida atrofingizda boriga ham e’tibor berishingiz maqsadga muvofiqdir. Komillikka intiling. Porloq yulduz yo’lingiz yoritsin. Orzularingiz va istaklaringizni ro’yobga chiqarishda sizga baxt va omad tilayman! 
Yigitlar: O’ziga ishongan, juda aqlli, hissiyotli, adolatparvar, romantic shaxslar, o’zgaruvchan kayfiyatli, iltimos qilmaydi, maqasadidan ortga chekinmaydi, hurmattalab, yomon tarafi – dangasalik va o’ziga talabchan bo’lmasligi bo’lishi mumkin, do’stlari va yaqinlari jou dili, saxiy, yolg’izlikni yomon ko’rgani uchun doim do’stlari bilan yoki yaqinlari bilan bo’lishadi, ularning ko’p, juda ko’p do’stlari bor, ko’rsatilgan ishonch va mehr uchun borini berishga tayyor, har jihatdan erkin bo’lish ular uchun suvdek zarur. 
Qizlar: Hissiyotli, ko’ngli bo’sh, kayfiyati o’zgaruvchan, mehnatkash, orasta, o’ychan, oqko’ngil, siz bilan gaplashib tursa ham bir ko’zlariga boqsangiz xayollari qayoqlardadir uchib yurganini ko’rasiz, mehribon, boshqalar uchun g’alati tuyilgan narsa ular uchun oddiy narsa, yoki boshqalar uchun oddiy ko’ringan narsa u uchun chuqur ma’noli sirli tuyiladi. Maslahatlarni eshitib turadida borib baribir o’zi bilganini qiladi. Lekin ko’pincha ularning qarorlari to’g’ri chiqadi. yaqinlarini haqida qayg’uradi, ularni asraydi, tadbir, kechalarni yoqtiradi, sadoqatli, to’g’riso’zlikni qadrlaydi, erkinlik istaydi. 
6
6 Umumiy ta'rif
Bu raqamdagi shaxslar ishonchli, ochiq, samimiy, to’g’riso’z. Atrofdagilarda o’zlariga nisbatan hurmat qozonishni, nom orttirishni, e’tibor qaratishni juda istashadi. Do’stlari orasida bir-birini tushunish, qadrlashni saqlab ularning hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Optimist, o’jar, romantic shaxslar, ularning qiziqishi ko’pincha oila va uy bilan bog’liq. Yaxshi did sohiblari, odamlar bilan tez chiqishib,kelishib ketishadi. Unchalik harakatchan emaslar, oilaviy sokinlikni istashadi. Ba’zi yomon tarafi dangasalik bo’lishi mumkin. Hislaringizni kamroq yashiring. Bu omadli raqam.
Ularga maslahat: sizga berilgan vazifani bajarasiz, ishonchni oqlaysiz, bu ajoyib. Biroq, bu bilan to’xtab qolmang. Sizni yanayam yuqori cho’qqilar, yuksak martabalar kutmoqda. Olg’a! 
Yigitlar: Ishonchli, mehnatkash, barqaror munosabatlarga intiladi. Ko’ngli nozik, olishdan ko’ra berishni ma’qul ko’radi. Qalbi ochiq, sadoqatli, hurmat qiladi va hurmat istaydi, Oyijonisiga juda bog’langan, oila va uy u uchun eng asosiysi, salga arazlaydi, tanqidni esa ko’tarolmay qattiq xafa bo’ladi, atrofdagilarga ham o’ziga ham juda talabchan, boshqalarni kamchiligini kechirib, yaxshi tomonini qadrlang, bunday insonlar sevsa ham borlig’I bilan butun vujudi bilan mantiqni surib sevishadi. 
Qizlar: Hayotning har qanday sinovini boshini mag’rur tutib yenga oladi. Yuzaki qaraganingizda juda sovuq, og’ir-bosiq, ajralib yurishni ma’qul ko’radigandek ko’rinsada, aslida, bu qattiq qobiq ostida ko’ngli nozik, hissiyotli inson yashiringan. Ular yoshligida soda, samimiy, tortinchoq bo’lishadi. Yoshi ulg’aygan sari ko’p fikrlaydigan, faqat aql bilan ish tutadigan bo’lishadi. Orzumand, fantaziyasi boy. Tortinchoq, yumshoq fe’lli, samimiy bo’lishi mumkin. Tushunish, mehr, himoya istaydi. Achchig’I burni ustida turadi. Yaqinlari va oilasini asrab-avaylaydi. 
7
7 Umumiy ta'rif
Bu raqam bilim va sirlar ramzidir. Bunday insonlar shoirtabiat bo’lishadi, faqat ozgina g’alatiliklar bilan birga, farz dunyosiga boy, aqlli. Bu raqam ostida buyuk bastakor, san’atkor, shoir, olim, faylasuflar tug’ilgan. Ularning ilhomi yolg’izlikni talab etadi. Ular o’z xayollari, kechinmalari bilan yurishadi. Shuning uchun ba’zan ularni ajralib yurganini ko’rishingiz mumkin. Ularning boshlagan ishlari ko’pincha omadli keladi. Sayohatlarni xush ko’rishadi. Sadoqat va mehr-muhabbatni qadrlashadi. Irodali, hissiyotli, pessimist, sadoqatli, mehnatkash bo’lishadi. Ularni tushunish qiyin bo’lishi mumkin. Ammo, yaqindan bilganingiz sari ichki dunyosi qanchalar boy ekanligiga guvoh bo’lasiz. 
Ularga maslahat: Agar o’zingizga ishonmasangiz, ko’p pessimistic xayollarga berilsangiz ko’p narsa yo’qotasiz. Biroq, intilib, harakat qilsangiz, shuhrat ham martabaga ham erishasiz. Ishonishdan ,qalbingizni ochishdan qo’rqmang. Sizni ham tushunadigan insonlar bor. Atrofga bir qiyo boqing. Bu qattiq qobiq ostida hissiyotli, go’zal qalb egasi yashiringanligini ko’rsatishdan qo’rqmang. Umidlaringiz, orzularingiz albatta ushaladi. Faqat bunga siz ishoning! 
Yigitlar: Bu raqamdagi kishilarni o’zini o’zi yaxshi ta’minlay olishi va erkinligi belgilaydi. Ichki kuch hamda hayotga va muhabbatga jiddiy qarash bu shaxslarni sovuq va hissiyotsiz ko’rsatishi mumkin. O’z oldiga qo’ygan yo’ldan sira chekinishmaydi. Irodasi bilan ular hayotda yuqori cho’qqilarni egallashadi. Ko’pincha faqat o’zini o’ylashadi-yu ammo muhabbatni his etishlari bilan yumshoq va hissiyotli bo’lishadi. Kutilmagan sovg’alarni yoqtirishmaydi. O’zlarining xayollarida yaratgan ideal parini uchratsalar, tanishishga botinolmasliklari mumkin. Dadilroq bo’ling! O’zi tushunadigan, hamfikr bo’la oladigan insonlarni izlashadi. 
Qizlar: Ular bunga intilishmasa ham odamni tez o’zlariga rom etishlari mumkin. Aqlli, mehribon, orasta. Chuqur ma’noli va kuchli muhabbatni orzu qilishadi. Ularni oddiy gap otish bilan umuman o’zingizga qaratolmaysiz. Erkinlikni afzal ko’radi. Rostgo’ylik va mehnatsevarlikni qadrlaydi. Ba’zan ideal insonlari haqidagi orzu-xayollari haqiqatni ko’rishga to’sqinlik qilishi mumkin. Faqat o’ziga ishonishni ma’qul ko’radi. Orzuga beriluvchan shaxs, hayotda ham shunga ko’ra yashaydi. Munosabatlarda hamma narsani o’zi hal etishni istaydi. Bunaqa qilishni kamaytiring. Qalbingizdagi tug’yonlarni ba’zan aytib tursangiz ham bo’lardi. 
8
8 Umumiy ta'rif
Bu raqam ishbilarmonlik, tadbirkorlik, hayotning har sohasida qo’rqmaslikni beradi. Faqat olg’a intilishlari, o’zlarining maqsadlariga yetishishga harakat qilishadi va bunga erishishadi. Ba’zan bu yo’lda hech kimni, na o’zlarini na boshqalarni ayashadi. Irodali, kuchli xarakter sohiblaridir. To’siqlarni yengishni, raqobatni juda yaxshi ko’rishadi. Bu eng qiyin va tushunarsiz raqam. Ularni bir tarafdan temperament raqami 4 bo’lgan shaxslarga o’xshatish mumkin, yana bir tarafdan boshqalarga o’xshamaydigan fe’l atvor sohiblari deyish mumkin. Ular bilan suhbatlashayotganda sovuq munosabat, ajralganlikni sezishingiz mumkin. Ammo unday emas, bu shaxslar kuchli hissiyotlarga berila oladilar. Bunday shaxslar kuchli iroda va boshqalardan yaqqol ajralib turadigan fe’l atvorga ega. Har doim aslidan ko’ra boyroq ko’rinadi. Har qanday muammoli vaziyatda yechim topib, bundan tez chiqib keta oladi. Hayotlari o’zgaruvchan voqea-hodisalarga boy, shuning uchun ular ko’pincha kutilmagan qarorlarga kelishadi. Oila uchun hamma narsani qurbon etishga tayyorlar. 
Ularga maslahat: jamoani boshqarishdagi kamdan kam uchrab turadigan qobiliyatga egasiz. Buni siyosatda, harbiy yo’nalishda, ishda qo’llashingiz mumkin. Siz odamlarni ko’p tergaysiz, o’zingizga ma’qul kelganlarnigina ya’ni xuddi o’zingizga o’xshagan insonlar bilan do’stlashasiz. Sal yumshoqroq fe’lli bo’ling. Baxt va omad hamisha yo’ldoshingiz va hamrohingiz bo’lsin! 
Yigitlar: Erkin, o’ziga ishongan, samimiy, rostgo’y, kuchli irodali, sofdil o’ziga to’q shaxslar. Muhimligini, ustunligi ro’kach qilishi yoki kamtar, o’zining qobiliyatli ekanligini ham deb pesh qilmasigi mumkin. Bir narsaga juda bog’lanib qolishni yomon ko’radi ammo, doim atrofdagilarni boshqarishni istaydi. Ular ham hissiyotli, mehribon, yumshoq fe’lli, farosatli yoki jahldor, qasoskor va qattiq inson ham bo’lishi mumkin. Doimiy bandlik munosabatlarni sovutishi mumkin. Ammo ishlari omadli keladi. O’z maqsadlariga erishmaguncha qo’ymaydi. U mehr-muhabbatga va e’tiborga muhtoj o’zi buni tan olmasa ham. Bir ishni oldin o’ylab keyin qiladi. 
Qizlar: Qiziqqon, irodali, kuchli shaxs. Og’ir – bosiq, yuzaki sovuq ko’rinsada, aslida nozik ko’ngil va go’zal qalb sohibasi. Muhabbatda xudbinlik qilmaydi. Ammo hayotda buni hamma sohada yaqqol namoyon etadi. Unga qarab "Sevgi va nafrat orasida bir qadam” deyish mumkin. Aytilmagan kechinmalar uni azoblaydi. O’ziga qiyinchiliklar tug’dirishni yoqtiradi. Farosatli, aqlli, hissiyotli. Munosabatlarda uni ha deb ko’ngiliga kirishga intilish , kamchiligini izlash, hislarini yashirishni so’rash to’g’ri emas. Uni hissiyotligi, mehribonligi, sofdilligi uchun qadrlash kerak. 
9
9 Umumiy ta'rif
Bu raqam o’tkir bilim, kuchli shaxslarni ifodalaydi. San’at hamda ijod sohasida omadlari yurishadi. Artistik qobiliyat, ijodkorlik, yaratuvchanlik hislatlarga egalar. Sizning tadbirkorlik, ishbilarmonlik, harbiy sohadan ko’ra ijod va san’at sohasida omadingiz ko’proq yurishadi. Yaqinlaringizga nisbatan eng go’zal his-tuyg’ular tuyishga qodirsiz. Ammo, ko’pincha yoqimsiz voqea-hodisalarga uchrab turasiz. Ma’naviy yuksalishni hech ham to’xtatmang. Odamlarni seving. O’z niyat va orzularingizga erishish yo’lda hech ham ortga chekinmang. Hayotingiz juda o’zgaruvchandir. Sevishda ham butun borlig’ingiz bilan seva olasiz. Sevgingiz uchun ko’p narsani qurbon etishga tayyorsiz. Ular sevgan insonidan ham kunda sevgining isbotini kutishadi. 
Ularga maslahat: to’g’ri yo’ldan hech ham adashmang. O’zingizga bo’lgan talabchanlikni sira susaytirmang. Qobiliyatingiz va kuchingizga ishoning shunda judayam istasangiz har qanday cho’qqini zab eta olasiz. Xohlasangiz bas. Siz jamiyatga keraksiz. Qobiliyatingizni namoyish eting. Ko’p narsalarga qodirsiz. Komillikka intiling. Siz hurmatli va e’tiborli inson bo’lishingizga ishonaman. Buyuk inson bo’lasiz! " Intilganga tole yor ”, - deyishadi. Baxt va omad hamisha yoringiz bo’lsin! 
Yigitlar: Aqlli, farosatli, dono, romantic qalb sohibi. Ochiq ko’ngilli, samimiy, ajoyib suhbatdosh, erkinlikni afzal ko’radi. Ko’p narsani biladi va bilishga intiladi. Ular bilan falsafa, dunyo bilimlari haqida dildan suhbat qursangiz orangizdagi munosabatlar yanayam yaqinroq va uzoq davom etishini ta’minlaysiz. Ular hayotda o’z yo’lini topgan, o’zini namoyon eta oladigan shaxslarga intilishadi. Ishda va hayotda o’z qarashlarida qolishni ma’qul ko’rishadi, g’oyaviy birdamsizlik oradagi munosabatlar buzilishiga olib kelishi mumkin. Sevgi bobida sevgini yuragidan ko’ra ko’proq aqlida, xayolot dunyosida mo’jizakor tuyadi. Yo’q, bu bunday kishilarning yuragida hech narsa yo’q degani emas, balki, bu ular yuragi bilan o’tli sevsa, aqli bilan go’zal, sirli, ajib, kitobiy, yuksak va mo’jizakor sevadi degani. Huramat va rostgo’ylikni e’zozlashadi. Hislarini aql bilan boshqarishga harakat qilishadi. Uchrashuvni ancha hamma ikr-chikirigacha rejalashtirishadi. Rom etish usuli ham 18 asrlardagidek chuqur ma’noli va go’zaldir. Asosiy muammosi real hayotdan ajralib yurishga intilish. Orzumand shaxslar. 
Qizlar: Harakatchan, doim o’z fikrlari, g’oyalari bilan yuradi. Ma’naviy yetuk, falsafa va siyosatni xush ko’radigan, san’atkor va ijodkor kishilar bilan suhbat qurishni sevadi. Ko’p aql o’rgatadi va bilimini namoyish etishga ko’p harakat qiladi. Galereya, teatr, tadbir va kechalarni juda yaxshi ko’radi. Iloji boricha birortasini ham qoldirmasa. Romantic qalb sohibasi , shuning uchun yoridan go’zal gullar, antiqa uchrashuvlar, sovg’alar va she’rlar kutadi. O’ziga yaxshi e’tibor beradi. Manmanlik, xudbinlik kabi hislatlardan nafratlanadi. Tez-tez do’stlar davrasida bo’lish, intelektual suhbatlardan bahramand bo’lish u uchun suvdek zarur. Erkinlikni afzal ko’radi.

Manba: www.BePuL.NeT -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Ko'rganlar:: 13764 | Добавил: www.BePuL.NeT | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Декабрь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Мини-чат
1) O`ZINGIZDAN OLDINGI USERGA NOM BERING (117)
2) ♣♣♣MAN MEN MAN♣♣♣ (107)
3) O'zizdan keyingi userni aniqlang (76)
4) FLOODXONA (64)
5) O'zingizdan oldingi forumdoshni qoillatib maqteng (58)
6) SO'NGI ISHTIROKCHINI SEVIB QOLISHIZ MUMKUNMI (56)
7) ♥♥♥♥ LOVE ♥♥♥♥ (47)
8) Yoshlar Parki (46)
9) =¤=AYNI DAMDA=¤= (44)
10) »»inte®netchasiga yozamiz«« (44)
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright BePuL.NeT / БеПуЛ.НеТ © 2018 - 2013

Яндекс.Метрика